BlogBlog

Blog image

Yangiliklar

UIC Group jamoasi Farg‘onada!

UIC Group jamoalari sardorlari Farg'ona viloyatida bir necha uchrashuv va treninglarda ishtirok etdilar. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Farg'ona politexnika instituti Farg'ona filiallari talabalari bilan uchrashib, "O'z IT-kompaniyamizni qurish va uni to'g'ri tizimlashtirish"mavzusida o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Ushbu uchrashuvlar talabalar uchun IT sohasidagi zamonaviy tendentsiyalar haqida ma'lumot olish va tajribali mutaxassislardan qimmatli maslahatlar olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.              


20.03.2024
911
Blog image

Yangiliklar

Dasturchi sifatida professional jamoaning bir qismiga aylanish imkoniyati!

Biz O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyasidagi professionallar jamoasiga qo‘shilish uchun ishtiyoqli va malakali Frontend, Backend va Flutter dasturchilarni qidirmoqdamiz. Bu siz uchun ilg'or loyihalar ustida ishlash, soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilish va texnologiya chegaralarini ochish uchun imkoniyatidir.


13.03.2024
593
Blog image

Yangiliklar

UIC Group'da Project Manager yo'nalishida amaliyot o'tash imkoniyati

Asosiy talablar: Ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; IT yo’nalishida kamida 1 ta real loyiha bilan ishlagan bo'lishi; Management yo'nalishida bazaviy bilimlariga ega bo’lishi; Hujjatlar bilan ishlay olish qobiliyati (Rasmiy xat, murojaatnoma, dalolatnoma, Akt); Rivojlangan aloqa qobiliyatlari; Intizom va mas'uliyatlilik; Pitching qilish qobiliyati. Amaliyot davridagi imkoniyatlar: Real loyihalarda ishlash; PMlik qobiliyatlarini rivojlantirish; Turli tadbirlarda qatnashish; Jamoaviy ishlash ko'nikmalari; Loyihani mijozdan qabul qilish (frontline) va topshirish jarayonini (delivery management) o'rganish; Risklarni hisoblab, ish tutish ko'nikmalari (risk management); Loyihalashtirishni o’rganish (planning); Copywriting bilimlariga ega bo'lish; Jira/agile dasturlarini o’rganish; Dasturchilar jamoalari bilan ishlash imkoniyati (real keys'larda). Amaliyot shartlari: Amaliyot davri bepul; Davomiylik muddati, 3 oy. Qulaylik va shart-sharoitlar: Yaxshi internet; Doimiy o’rganish va rivojlanish muhiti; Standup/meetuplar; Amaliyot davridan so'ng ishga joylashish imkoniyati (katta ehtimol bilan UIC da yoki hamkorlik loyihamizdan birida); Eslatib o'tamiz: amaliyotga qabul qilinuvchilar soni 3 ta. Murojaat uchun: UIC Goup HR: @uicgroup_hr Telefon:+998 71 2007007 Veb-sayt: www.uic.group Telegram: @uicgroup Instagram: @uicgroup


27.10.2023
1250
Blog image

Yangiliklar

UIC Group jamoasi Zaamin Ultra marafonida

Jamoamiz hozirgi kungacha barcha marafonlarda faol qatnashib kelmoqda, ushbu marafonlar nafaqat jamoani oilaviy ruhini koʻtaradi, balki sogʻlom hayot tarziga boʻlgan eʼtiborini ham oshishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Ajoyib atmosfera va muhitda tashkillashtirilgan marafonda qatnashish uchun jamoa aʼzolari 17 - iyun sanasida togʻ bagʻrida oʻz boshpanalarini oʻrnatdi va marafonga tayyorgarlik koʻrdi. 18 - iyun kuni erta tongdan boshlangan marafon ajoyib yomgʻir va oʻzgacha havo harorati bilan davom etdi.  Unutilmas emotsiyalarga boy boʻlgan marafonni tashkillashtirgan tashkilotchilarga UIC Group jamoasi oʻz minnatdorchiligini bildiradi.


20.06.2023
956
Blog image

Yangiliklar

UIC Group da yana bir xalqaro memorandum!

Yaqin kunlarda yurtimizga tashrif buyurgan Singapur delegatsiyasi aʼzolari bilan UIC Group oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida UIC Group va Singapurlik tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi. Yakunda esa ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlgan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolashga erishildi.


30.05.2023
633
Blog image

Maslahat

Jarayonlarni avtomatlashtirish vaqti keldi!

SAS yechimlari — biznes jarayonlarini, shu jumladan ERP (korxona resurslarini rejalashtirish) va CRM (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) tizimlarini avtomatlashtirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu yechimlar tashkilotlarga ma'lumotlarni boshqarish, mijozlar bilan munosabatlarni va biznes jarayonlarini optimallashtirish, ularning samaradorligi hamda raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.


16.05.2023
563
Blog image

Yangiliklar

UIC Groupda loyiha boshqaruvi bo’yicha maxsus master-klass!

Loyiha boshqaruvi bo'yicha 18 yillik ish tajribasiga ega expert, Sello brendi asoschisi PMI, PMP sertifikatlari sohibi Iskandar Yusupov, (instagram.com/iskandaryusupov_pm) UIC Group xodimlariga project management va product management bo'yicha o'z bilim va tajribalarini ulashdi. Suhbat davomida loyiha menejerlariga ish jarayonlarida ularning vazifalari, dedlaynlarga ulgurish va loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishida nimalarga e'tibor qaratilishi zarur ekanligi va bunda o'zaro kommunikatsiya jarayonlarining o'rni haqida batafsil to'xtalib o'tildi.


07.05.2023
775
Blog image

Yangiliklar

UIC Group Texnik direktori PDP University'da o'z tajribalarini ulashdi!

UIC Group Texnik direktori, Android va Java development, Backend & Frontend, SysAdmin hamda DevOps bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega, 100 dan ortiq loyihalarda ishlagan Amon Olimov (t.me/amonolimov) PDP University'da tashkil etilgan eventda mehmon spiker sifatida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida o'quvchilar: — IT kompaniyalar suhbatiga qanday tayyorgarlik ko'rish; — Soft & Hard skillarni samarali oshirish; — Soha doirasida networkingga kirishish; — Muvaffaqiyatli karyera qurish  kabi mavzularda qiziqarli va kerakli ma'lumotga ega bo'ldilar va suhbat so'ngida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


02.05.2023
694
Blog image

Loyihamizdan

FinTex ilovalar uchun tayyor yechimlar taklif etamiz!

Moliyaviy xizmatlar va pul o‘tkazmalari uchun turli ilovalardan foydalanish so‘nggi yillarda tobora ommalashib bormoqda. Biz sizga zamonaviy biznes sharoitida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish, xarajatlarni kuzatish yoki bir nechta hisoblarni boshqarish imkonini beruvchi FinTex ilovalarni qisqa muddatda ishlab chiqish bo‘yicha tayyor yechimlar taklif etamiz. Buning yaqqol misoli sifatida portfoliomizdagi onlayn to‘lov xizmatlarini amalga oshirish va moliyaviy hisoblarni nazorat qilish imkonini beruvchi Paylov (paylov.uz) ilovasini ko‘rishingiz mumkin.


25.04.2023
553
Blog image

Yangiliklar

"UIC Group" kompaniyasi Business Quiz 2023 da

Business Quiz - O'zbekistondagi eng yirik ko'ngilochar biznes tadbir va intellektual raqobat uyg'unligi bo'lib, u yirik kompaniyalarning yuzlab rahbarlari va top-menejerlarini birlashtiradi. Har yili o'tkazilinadigan ushbu Business Quiz (bsnss.uz) turnirida yurtimizdagi yuzlab kompaniyalar, shu jumladan, "UIC Group" kompaniyasi ham "O'zbekiston Respublikasining eng aqlli kompaniyasi unvoni" uchun intellektual raqobatda ishtirok etmoqda. Business Quiz 1-tur juda ham qizg'in ruh va shukuhda bo'lib o'tdi. Keyingi turlarda ham bizga omad tilab, qo'llab-quvvatlashingizni kutib qolamiz.


18.04.2023
521

Mijozlar fikri

Sharipov Kongratboy

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

TDIU reestrlik tizimining  samarali yo’lga qo’yilishi

Kadrlar reestrlik tizimi

Veb-sayt

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti kadrlar reestrlik tizimini “UIC  Group” jamoasi bilan birgalikda yo’lga qo’ydi. Bu optimallashtirish kadrlar boshqaruv tizimini yanada osonlashtirdi. TDIU jamoasi  “UIC Group” IT kompaniyasining malakali mutaxassislariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Aziz Halikov

AZ Capital loyihasi asoschisi

“Az Capital” hamda  “UIC Group” bilan hamkorlikdagi ijtimoiy loyiha.

Veb sayt

SUPER1000.UZ

“AZ Capital”  kompaniyasi hamda “UIC Group”  IT kompaniyasi “Super1000” loyihasida   birgalikda hamkorlikda bo’ldi.  Loyihaning asosiy maqsadi O’zbekistonni rivojlanishidagi innovatsion g’oyalarni yuzaga chiqazishdir. “UIC Group” IT kompaniyasi ijtimoiy loyihalarni qo’llab-quvvatlash tarafdori.

Musayev Amirtemurxon

Direktor o'rinbosari

Argos.uz yagona milliy mehnat tizimi.

Veb-sayt

ARGOS.UZ

Argos.uz davlat fuqarolik xizmatchilarining masofaviy malaka oshirish yagona portali.  Ushbu yagona tizimning zamonaviy dizayni uchun“UIC Group” jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.