Jamoamiz hozirgi kungacha barcha marafonlarda faol qatnashib kelmoqda, ushbu marafonlar nafaqat jamoani oilaviy ruhini koʻtaradi, balki sogʻlom hayot tarziga boʻlgan eʼtiborini ham oshishiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Ajoyib atmosfera va muhitda tashkillashtirilgan marafonda qatnashish uchun jamoa aʼzolari 17 - iyun sanasida togʻ bagʻrida oʻz boshpanalarini oʻrnatdi va marafonga tayyorgarlik koʻrdi.
18 - iyun kuni erta tongdan boshlangan marafon ajoyib yomgʻir va oʻzgacha havo harorati bilan davom etdi.
Unutilmas emotsiyalarga boy boʻlgan marafonni tashkillashtirgan tashkilotchilarga UIC Group jamoasi oʻz minnatdorchiligini bildiradi.