"United IT Company" tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarini o‘z ichiga olgan yagona portali ishlab chiqilib, 2020-yildan boshlab hozirgi kungacha muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishsiz qolgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash (bandlash) maqsadida ushbu portalning yaratish vazifasini bizning zimmamizga qo‘ydi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng hozirgi kungacha jami 14412 ta tashkilot va 284700 ta fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu portal orqali davlat organlari va tashkilotlari, hamda mahalliy hokimliklardagi vakant lavozimlarga munosib kadrlarni tanlab olish maqsadida ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilib boriladi. Bugungi kunga kelib esa ushbu tanlovlarda 1 milliondan ziyod ishtirokchi qatnashib, g‘oliblari aniqlanib kelmoqda.
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining portali uchun yana bir taqdim etilgan afzalligi foydalanuvchilar uchun foydali maʼlumotlarni o‘zida mujassam etganidadir. Barcha davlat ishiga kirish orzusidagi fuqarolar ushbu portal orqali test-savollariga tayyorlanishi, tanlovlarni onlayn kuzatishi, g‘oliblar ro‘yxatlarini topishlari mumkin.
Аrgos.uz
0
0
Keyingi loyihaga o‘tish uchun scroll qiling
One Net